Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan bölib ötadigan uçraşuvi oldidan 27 dekabr kuni Kanadaga uçib bordi va yevropalik ittifoqçilar bilan muloqot ötkazdi. Ular qatorida Kanada, Fransiya, Finlandiya, Germaniya, Italiya, Daniya, Polşa, Niderlandiya, Norvegiya va Şvetsiya rahbarlari, şuningdek, Yevrokomissiya boşliği Ursula fon der Lyayyen bor edi.
Zelenskiyning özi jurnalistlarga yevropalik ittifoqçilar bilan suhbat çoğida gap Tramp bilan muhokama qilinişi rejalaştirilgan «asosiy hujjatlar» haqida borganini aytgan. Uning sözlariga köra, 20 banddan iborat rejaning 90 foizi allaqaçon kelişilgan, ular böyiça «kimgadir yoqişi, kimgadir yoqmasligi» mumkin bölgan yeçimlar mavjud. Ukraina prezidenti Tramp bilan Donbass taqdiri, Zaporijjya atom elektr stansiyasi kelajagi va boşqa masalalarni muhokama qilişni rejalaştirmoqda.
Polşa boş vaziri Donald Tusk Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokamalarning asosiy bandi deb atadi. «Muhokamaning barça iştirokçilari Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari hal qiluvçi ahamiyatga ega degan fikrga kelişdi. Ular aniq va işonçli bölişi kerak. Bunday kafolatlar Polşaning xavfsizligini ham anglatadi», – deb yozgan Tusk. Zelenskiyning qöşimça qilişiça, u Tramp bilan suhbat «yaxşi ötişi»ni kutmoqda va şundan keyin Yevropa yetakçilari bilan yana bir muhokama ötkazilişi mumkin.
Vladimir Putin esa şu kuni, 27 dekabrda, birlaşgan qöşinlar guruhining boşqaruv punktlaridan biriga taşrif buyurdi. U yerda unga Rossiya armiyasi Zaporijjya oblastidagi Gulyaypole va Donetsk oblastidagi Mirnograd (Rossiya rasmiylari Dimitrov deb ataydi) şahrini egallab olgani haqida hisobot berildi. Kreml e’lon qilgan videodan köriş mumkinki, Putin boşqaruv punktida ötkazilgan yiğilişni harbiy kiyimda ötkazgan. Faridaily naşri ta’kidlaşiça, oktyabr oyidan beri Putin frontdagi vaziyat böyiça oltinçi marta yiğiliş ötkazmoqda (va törtinçi marta harbiy kiyimda) – bunaqasi uruş boşidan buyon bunçalik köp bölmagandi.
Bundan taşqari, Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvi oldidan Rossiya TIV saytida vazirlik rahbari Sergey Lavrovning TASS agentligiga bergan intervyusi e’lon qilindi. Bu intervyuda Lavrov «Zelenskiy rejimi» va uning yevropalik ittifoqçilari «konstruktiv muzokaralarga tayyorligini körsatmayotgani»ni, Yevroittifoq esa «tinçlik yölidagi asosiy tösiqqa aylangani»ni aytgan.
Şuningdek, Rossiya TIV rahbari Yevropaning uruşdan keyin Ukrainaga tinçlikparvar kontingent yuboriş rejalariga töxtalgan. U Rossiya tomoni bu holatda uşbu harbiylar Rossiya qurolli kuçlarining «qonuniy nişoniga aylanişi» haqida «yuz marta ta’kidlagani»ni eslatgan. «Yevropadagi aqlsiz siyosatçilar uçun, umid qilamanki, ularga uşbu intervyuni körsatişadi, yana bir bor takrorlayman: Rossiya kimgadir hujum qilişidan qörqiş kerak emas. Ammo kimdir Rossiyaga hujum qilmoqçi bölsa, javob qaqşatqiç böladi», – dedi Lavrov.












