16:20 / 09.09.2018
11796

Janubiy Sudanda samolyot halokatga uchradi, ko‘plab qurbonlar bor

Janubiy Sudanda samolyot halokatga uchradi. Associated Press agentligi mahalliy hukumat vakillariga asoslangan holda xabar berishicha, Juba shahridan uchgan yo‘lovchi samolyot ko‘lga qulab tushishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgan.

Yirol shahri axborot ministri Taban Abelya Agekaning so‘zlariga ko‘ra, aviahalokatdan faqat 3 kishi omon qolgan, ularning ikki nafari katta yoshli erkaklar va biri 6 yoshli bolakaydir.

Uning qayd etishicha, samolyot 19 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangandi. Halokat vaqtida samolyotda qancha yo‘lovchi va ekipajning necha nafar a'zosi bo‘lgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, omon qolganlarning biri italiyalik shifokor bo‘lib, u Janubiy Sudandagi tijoriy tashkilotlardan birida ishlagan. Qayd etilishicha, jarohatlanganlar ayni vaqtda Yirol shahriga yetkazilgan, shifokor jarrohlik stoliga yotqizilgan.

Mavzuga oid
Top