Centrum Air aviakompaniyasining samolyotida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli 21 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 09:30 da Rossiyaning Qozon şahridan Toşkentga uçişi kerak bölgan reys bir neça marotaba keçiktirilgan.
Xususan, yakşanba kunining özida reys vaqtlari kamida 4 marotaba özgargan: dastlab 10:30 ga, keyin 12:00 va 15:00 ga. Oxir-oqibat 21 dekabr kungi reys 22 dekabrga qoldirilgan.

«Kun davomida yölovçilarga aniq ma’lumot berişmadi. Dastlab bir neça marotaba qoldirildi, degan e’lonlar böldi. Keyin «yuklaringizni olib ketişingiz mumkin, 30 kun içida bilet puli qaytariladi» degan gaplar aytildi». Keçga borib samolyot uçişi haqida yana umidlar paydo böla boşladi», deydi Kun.uz'ga murojaat qilgan yölovçilardan biri. Uning aytişiça, bu orada militsiya xodimlari ham kelib, ularni aeroportdan çiqarib yubormoqçi bölgan.

Centrum Air’ning Qozon aeroportidagi vakili yölovçilarga – samolyot ğildiragida texnik nosozlik yuzaga kelganini aytgan. Uni almaştiriş keçga qadar vaqt olgan. Şundan söng ekipaj a’zolari dam olişi kerakligi aytilgan va reys ertalabga qoldirilgan.
Lekin, 22 dekabr kuni ertalab, 07:30 dagi reys ham öz vaqtida uçmagan. Yölovçilar mahalliy vaqt bilan 09:20 da samolyotga çiqarilgan va 3 soatdan köproq vaqt davomida yana samolyot bortida ötirgan. Kompaniya vakillari buni Rossiya tomoni uçişga ruxsat bermayotgani bilan izohlagan.
Qozon-Toşkent reysining 214 nafar yölovçilari 21 dekabr mahalliy vaqt bilan 09:00 dan 22 dekabr 12:30 ga qadar jami 27 soat aeroport hududida qolib ketgan. Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, samolyot 22 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:30 dan söng uçib ketgan.
Yölovçilarga 21 dekabr kuni keçki vaqtda mehmonxonaga boriş taklif qilingan. Lekin köpçilik yölovçilar bunga rozi bölmagan va kutiş zalida qolgan.
«Kompaniya vakili bizni oldimizga kelib, ana uçadi, mana uçadi, deb kunni keç qildi. Şundan keyin köpçilik uning gaplariga işonmay qöydi va mehmonxonaga ketmadi. Bundan taşqari, yölovçilarning aksariyati mehnat muhojiri bölgani uçun çegaradan yana kirib çiqsam, muammo bölarmikan, deb xavotirlandik», deydi Kun.uz bilan boğlangan boşqa bir yölovçi.
Centrum Air telegram kanalida dastlab, 21 dekabr kuni «texnik sabablar tufayli reys jadvali 15:00 ga qoldirilgani»ni

















