15:41 / 12.02.2020
3
53904

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud hukmi e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ

2020 yil 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

 

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 28 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 2016 yil 16 iyundan boshlab hisoblanadi.

A.Tursunboyevga qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top