Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Çirçiq daryosida navbatdagi reyd tadbirlari olib borilgan. Reyd davomida örganiş natijasida fuqaro M.D. daryo hududiga çiqindilar tökib, töğon hosil qilgani aniqlangan. Fuqaro bir neça bor ogohlantirilişiga qaramasdan, quriliş çiqindilarini özboşimçalik bilan taşlab ketgan.

Sudda M.D.ning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy çiqindixona taşkil qilganligi, hududga çiqindilarni ma’lum mablağ evaziga joylaştirib kelganligi öz isbotini topgan. Fuqaro daryoga 126.433,70 m3 çiqindi taşlangani oqibatida davlat manfaatlariga 3 milliard 68 million 206 ming 171 söm miqdorda zarar yetkazgan.

Şuningdek, M.D. «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunning 22-moddasi hamda «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi qonunning 41-moddasini qöpol ravişda buzgan.

Sud Jinoyat kodeksining 59-, 61-moddalariga asosan fuqaro 3 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Şuningdek, undan davlat foydasiga 3 milliard 68 million 206 ming 171 söm zarar undirilişi belgilandi.