Toşkent viloyatida onasining ta’minot pulini tölamagan aka va singil jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, FIB Quyi Çirçiq tumanlararo sudining 2023 yil 23 oktyabrdagi buyruği bilan qarzdorlar D.U. va B.U.dan onasi D.U. foydasiga aliment undiriş belgilangan. Ammo aka-singil bu majburiyatdan qoçib, onasining ta’minoti uçun belgilangan aliment pulini tölaşdan boş tortib kelişgan.
Aka-singil bu qilmişi uçun jazoga tortildi: mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bölgan ota-ona uçun aliment pullarini tölaşdan boş tortganligi sababli qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47-5 moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.








