Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda erkak raşk sababli xotinini xususiy uy boğçasida, bolalar köz öngida böğib urgani aks etgan videolavha tarqalgandi. U oradan bir kun ötib otasinikida yaşayotgan ayolini farzandlari köz öngida vahşiylarça öldirgandi.

Erkakka sud hukmi öqildi. Ma’lum qilinişiça, sudlanuvçi qotillikka raşk sabab bölganini, tunda kelib gaplaşib ötirişganda ayolning qölida piçoq bölganini aytgan. Erkak piçoqni tortib olişga urinayotganda ayolning böyniga bexosdan kirib ketişi uning ölimiga sabab bölgan.

Foto: Milliy TV

Jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudining hukmiga köra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining «j» bandi hamda 164-moddaning 1-qismi (bosqinçilik) bilan aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Marhumaning otasi sud hukmidan noroziligini ta’kidlagan va sudlanuvçiga umrbod qamoq jazosi berişni söragan.  

Marhuma tumandagi oilaviy tibbiyot muassasasida hamşira bölib işlagan. Hamkasblari uning yaxşi xulq-atvori bilan e’tibor qozonganini ma’lum qilişgan edi.