Quyi Chirchiqdagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanishi ro‘y berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari orasida o‘tkir diareya holati qayd etilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Foto: KUN.UZ
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yil 28 sentabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 23 nafar tarbiyalanuvchisi ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, tana haroratining (37-39 daraja) ko‘tarilishi va tomog‘ida og‘riq shikoyatlari bilan murojaat qilishgan.
Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng ulardan 15 nafariga “O‘tkir respirator infeksiya. O‘RI. Funksional diareya” birlamchi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan. 8 nafariga esa ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamdan keyin qoniqarli ahvolda (ota-onalari shifoxonaga yotqizishdan bosh tortishgan) uylariga ruxsat berilgan.
Yuzaga kelgan vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish va bemorlarni davolash hamda epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga yuborildi.
Shifoxonada bemor bolalarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilgan, tegishli laboratoriya tahlillari uchun namunalar olingan. O‘tkazilgan muolajalardan keyin ahvoli yaxshilangan barcha bemorlarga 2 oktyabrga qadar uylariga ruxsat berilgan.
Bemorlardan olingan namunalarning tahlillari natijalariga ko‘ra, ulardan 3 nafarida Shigella dysenteriae sonnei bakteriyalari aniqlandi.
MTT ichimlik va oqova suv tizimlari, oshxona anjomlari, havo so‘ruvchi ventilyatsiya tizimi, hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq amal qilinmayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, MTTda faoliyat yuritayotgan xodimlardan, 4 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan.
MTTda taomlari (sutkalik namunalar) va oziq-ovqat mahsulotlari, oshxona anjomlari va yuzalaridan olingan namunalarda ichak tayoqchalari guruhiga mansub bakteriyalar (ITBG) aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda kelgusida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari orasida ovqatdan zaharlanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga xat kiritilgan.
2022 yil 30 sentabrdan 8-MTT ish faoliyati yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan hamda MTT direktoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, deyiladi Sanepidxizmat xabarida.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

15:15 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi

18:52 / 29.01.2024