16:53 / 18.03.2017
40375

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

Joriy yil 18 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a'zosi, viloyat hokimi O‘.Barnoyev boshqardi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. O‘rinov lavozimidan ozod etilib, ushbu vazifaga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan podpolkovnik Aliyev Shuhrat Hasanovich tayinlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Valiyev Bahriddin Bahodirovich hudud faollariga tanishtirildi.

Top