23:00 / 06.02.2018
133243

Hokim 8-sinf o‘quvchisiga «Spark» avtomashinasini sovg‘a qildi

Foto: Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforovning Navoiy bisotidan o‘qigan she'rlari uchun Spark rusumli avtomashinani sovg‘a qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi Axborot xizmati ma'lumotiga asosan xabar beradi.

Viloyat hokimi sovg‘ani 6 fevral kuni Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida tashkil etilgan «Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusidagi II an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimida topshirgan.

Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon va Mo‘g‘uliston davlatlarining olimlari hamda o‘zbek Akademiklari Baxtiyor Nazarov, To‘ra Mirzayev, Naim Karimovlar hamda bir guruh adabiyotshunos olimlar qatnashdi.

Ma'lum qilinishicha, xalqaro anjuman doirasida g‘azalxonlik tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovda 100 dan ortiq viloyat yoshlari qatnashdi. Karmana tumanidagi 4-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Sardorlar Kengashi sardori Ibrohim G‘afforov 1-o‘rinni ko‘lga kiritib Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunov tomonidan «Spark» avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Top