12:00 / 12.07.2018
269288

Samarqand viloyati hokimi ishdan olingan, uning o‘rnini Erkinjon Turdimov egallaydi

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilgan. Bu ma'lumot «Kun.uz»ning bir necha manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Turobjon Jo‘rayev

Uning o‘rniga 2016 yilning dekabridan buyon Surxondaryo viloyatiga hokimlik qilib kelayotgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining yangi hokimi bo‘ladi.

Erkinjon Turdimov

O‘z navbatida Surxondaryo viloyatiga Toshkent viloyati prokurori Bahodir Po‘latov yangi hokim etib tayinlanadi.

Bahodir Po‘latov

Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni internetda Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘rayev qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu xabarlarda hokimiyat rahbariyati qurilish kompaniyalaridan qurilish qilishiga ruxsat berish uchun pora talab qilgani aytilgandi.

Hozircha viloyat rahbariyatidagi o‘zgarishlar, xususan Turobjon Jo‘rayev haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.

Top