18:42 / 12.10.2018
20602

"O‘zatom" agentligi direktori AES O‘zbekistonga nima berishiga izoh berdi

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES)ning qurilishi tizimni barqarorlik, tejamkorlik va ekologik xavfsizlik bilan ta'minlaydi. KUN.UZ muxbiri "O‘zatom" agentligi direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

"O‘zbekistonda AES qurilishi - birinchidan, elektr energiya tizimini barqarorlashtiradi,  ikkinchidan, uglevodorod resurslarini iqtisod qiladi, uchinchidan, bitta reaktor 7 mln tonna is gazining havoga chiqishi oldini oladi. Ikkita reaktor qurilsa, 14 million tonna is gazining havoga chiqishi oldi olinadi", - deydi "O‘zatom" rahbari. 

Jo‘rabek Mirzamahmudov

Uning so‘zlariga ko‘ra, AES qurilishidan asosiy maqsad - mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bir qatorda aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan talabini qondirish. 

"AESning umumiy energetik muvozanatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, ayni damdagi taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga borib 117 milliard KVt elektr energiya talab bo‘lsa, shuning 15 foizini AES yordamida qoplash ko‘zda tutilmoqda", - deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis. 

Mavzu
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda birinchi Atom elekt stansiyasi qurilishi bo‘yicha harakatlar boshlandi
Barchasi
Mavzuga oid
Top