2025 yil 23 dekabr kuni Jizzax viloyati Foriş tumani Boğdon aholi punktidagi 30-sonli madaniyat markazida Özbekistonda birinçi atom elektr stansiyasini quriş va ekspluatatsiya qiliş loyihasining AMTB materiallari böyiça jamoatçilik eşituvi taşkil etildi.
 
Tadbirda Foriş va qöşni tumanlar aholisi, 30 dan ortiq taşkilot vakillari, mahalliy hokimiyat organlari, ilmiy hamjamiyat, ekologik taşkilotlar, jurnalistlar, yadro energetikasi mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar iştirok etdi. Jami iştirokçilar soni 295 nafarni taşkil etgan.

Eşituvlar Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyevning qutlov sözi bilan oçilib, unda AES loyihasi mintaqa va mamlakatning barqaror rivojlanişi uçun strategik ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.

«Özatom» agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev atom energetikasi energetika mustaqilligi, kam uglerodli iqtisodiyotga ötiş va aholi turmuş sifatini oşiriş uçun muhim omil bölişini qayd etdi. Iştirokçilarga loyihaning texnik yeçimlari ham taqdim etildi: bitta maydonda ikkita katta quvvatli VVER-1000 energiya bloki va umumiy örnatilgan quvvati taxminan 2100 MVt bölgan ikkita kiçik quvvatli RITM-200N energiya blokini joylaştiriş rejalaştirilgan. Bu konfiguratsiya yiliga taxminan 15 mlrd kVt/soat “toza” elektr energiyasi işlab çiqariş imkonini berişi aytildi.

Muhokamalarda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar zamonaviy passiv himoya tizimlari, “çuqur eşelonlangan himoya” tamoyillari, şuningdek, stansiya töliq öçirilgan taqdirda ham xavfsizlikni ta’minlaş çoralarini tuşuntirib berdi. Iştirokçilar işlatilgan yadro yoqilğisi va radioaktiv çiqindilar bilan işlaş tartibi, şuningdek, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining bu yönalişdagi tajribasi haqida ma’lumot oldi.

Şuningdek, tibbiy va sanitariya-gigiyena ta’minoti masalalari ham kötarilib, radiatsion vaziyatni nazorat qiliş tizimi, xodimlar va aholini tibbiy kuzatiş hamda salomatlikni himoya qiliş çoralari yuzasidan axborot berildi.

Ma’ruzalardan söng oçiq munozara bölib ötdi. Aholidan 60 dan ortiq savol va taklif kelib tuşgan. Asosiy masalalar radiatsiyaviy xavfsizlik kafolatlari, suv resurslari va qişloq xöjaligiga ta’siri, yangi iş örinlari, ijtimoiy-transport infratuzilmasini rivojlantiriş hamda mahalliy aholi uçun kompensatsiya çoralari bölgan.