14:16 / 14.11.2018
14444

Sten Li o‘limidan oldin yangi superqahramon o‘ylab topgan

Foto: AP Photo/Reed Saxon

Marvel Comics asoschilaridan biri Sten Li o‘limidan oldin yangi superqahramonni o‘ylab topgan, deb xabar bermoqda TMZ. Bu haqda uning qizi Jyey Si aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular otasi bilan yangi superqahramonni yaratish ustida ishlashgan. U Kir-odam (Dirt Man) nomini olgan.

Jyey Si Kir-odam qanday qobiliyatlarga ega bo‘lishi va uning umumiy syujyetdagi o‘rnini oshkor qilmadi.

Shu bilan birga, uning va'da berishicha, qahramonni rivojlantirishda davom etadi va u hatto ekranlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘rgimchak-odam, Xalk va Iks odamlar to‘g‘risida komikslar yaratgan amerikalik yozuvchi Sten Li 13 noyabr kuni 96 yoshida vafot etdi.

Mavzuga oid
Top