Toşkentda tuğilgan aktrisa Milana Vayntrub Marvel’ning «Yangi jangçilar» serialida rol ijro etadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter. Şou Freeform kanalida efirga uzatiladi.
Loyiha superqahramonlarga bağişlangan bölib, Vayntrub Dorin Grin – qiz-olmaxon obrazini yaratadi.
«Yangi jangçilar» 10 qismdan iborat böladi. Ularda tomoşabinlarga özlarining öta kuçli qobiliyatlarini boşqarişni örganuvçi olti yigit-qiz haqida hikoya qilinadi.
Serialda şuningdek Derek Teler, Jyeremi Tardi, Kelam Uorti, Mettyu Moy va Keyt Komer ham suratga tuşişadi.
Serial 2018 yilda taqdim etilişi kutilmoqda.













