Örgimçak-odam, Xalk va Iks odamlar töğrisida komikslar yaratgan amerikalik yozuvçi Sten Li 96 yoşida vafot etdi. Bu haqda TMZ naşri Lining qiziga asosan xabar bermoqda.
Yozuvçi Los-Anjyelesdagi tibbiy markazda vafot etgan. Naşr ma'lumotlariga köra, Li bir neça yillar davomida oğir kasalliklardan aziyat çekkan, jumladan, pnevmoniya va köriş bilan boğliq muammolarga duç kelgan.
Sten Li amerikalik yozuvçi, muharrir va köplab komikslar yaratuvçisi bölgan. U Örgimçak-odam, doktor Strenj, Xalk, Temir odam va boşqa maşhur qahramonlarni yaratdi.
1994 yildan 2018 yilgaça yozuvçi Marvel studiyasi filmlarida rollar ijro etgan. Bundan taşqari, u «Kapitan Amerika», «Iks odamlar», «Örgimçak odam» va boşqa köplab filmlar prodyuseriga aylandi.














