O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Rossiya Federatsiyasi vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining 5 dekabr kuni xabar qilishicha, o‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
«Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev telefon orqali suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar», - deyiladi Rossiya hukumati bayonotida.
Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo hamkorlik mavzusi ko‘rib chiqilgani aytilmoqda.
Bundan oldin, O‘zbekiston aeroportlarni Rossiya kompaniyasi boshqaruviga berishdan bosh tortishi mumkin ekani xabar qilingandi.