Rossiyaning «Novaport» xoldingi va Özbekiston hukumati örtasida bir neçta aeroportni rekonstruksiya qiliş böyiça muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi. Özbekiston hukumati investorning talabiga binoan aeroportlarni 30 yil muddatga berişga tayyor emas, deb yozmoqda «Kommersant'».
Mamlakat rasmiylari dekabr oyi boşlarida Yaponiyaning Sumitomo Corporation şirkati bilan uçraşuv ötkazib, boşqa investorni qidirişni boşladi.
Biroq, «Novaport» muzokaralardan çiqib ketmadi hamda aktivlarga bölgan qiziqişni saqlab qolmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, yapon kompaniyalari ham qisqa muddatli konsessiyaga rozi bölişi ehtimoldan yiroq.
«Novaport» hanuzgaça Özbekistonning Samarqand, Namangan va Urgançdagi aeroportlarini boşqaruvga oliş şartlari töğrisida kelişa olmayapti. Muzokaralardan xabardor naşr manbasiga köra, «Novaport» va Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi vakillarining sönggi uçraşuvi taxminan ikki oy oldin ötkazilgan hamda foydalaniş muddati masalasida töxtab qolgan. «Novaport» 30 yildan köproq vaqt davomida aeroportlarni boşqarmoqçi, Özbekiston hukumati vakillari bunga rozi bölmayapti.
AEON xoldingi («Novaport»ni boşqaradi - tah.) egalaridan biri Roman Trotsenkoning bildirişiça, Özbekiston hukumati bilan muzokaralardan voz keçmagan: «Aeroportlarga qiziqiş saqlanib qolmoqda. Şu bilan birga, mamlakat rasmiylari uşbu aktivlar bilan özlari ma'qul deb bilgan narsani qilişlari mumkin».
May oyida «Novaport» Özbekiston hukumati bilan hadli bitimni imzoladi. «Kommersant'» suhbatdoşlari taxminiça, xoldingning uşbu loyihalarda iştirok etişi MDHda yuqori daromadli sönggi infratuzilma aktivlaridan biri bölgan, xususiy egasi yoki sarmoyadori bölmagan Toşkent aeroporti boşqaruvini qölga kiritiş uçun birinçi qadamga aylanişi kerak edi.
Birinçi obekt - 2022 yilda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitini qabul qiladigan Samarqand şahri aeroportidir. Sohadagilarning fikriça, modernizatsiya muddatlari öta qisqa. Namangan va Urganç aeroportlarini modernizatsiya qilişga taxminan beş yil vaqt beriladi.
«VTB Kapital» vakili Yelena Saxnova Samarqand aeroportiga ehtimoliy sarmoyalar hajmini 300-500 million dollarga baholamoqda. «Kommersant'» suhbatdoşlarining sözlariga köra, sarmoyalar yirik xolding loyihalari darajasida turibdi, ammo aniq miqdor oşkor etilmayapti.












