18:16 / 05.10.2020
12173

Turkiya S-400 tizimini sinovdan o‘tkazishni boshlamoqda

 Qayd etilishicha, sinovlar vaqtida kuzatuv postidagi qo‘mondonlar har bir raketa uchirilishidan ikki soat avval Turkiya prezidentining ruxsatini olishlari lozim bo‘ladi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Turkiya qurolli kuchlari Rossiyadan sotib olingan S-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda Turkish Minute nashri xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, S-400 tizimini sinovdan o‘tkazish uchun Sinop raketa poligoniga 10 dona Banshee havo nishonlari keltiriladi. Sinovlar 5 oktyabrdan 16 oktyabrgacha o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, sinovlar vaqtida kuzatuv postidagi qo‘mondonlar har bir raketa uchirilishidan ikki soat avval Turkiya prezidentining ruxsatini olishlari lozim bo‘ladi.

S-400 batareiyalari, 10 dona havo nishoni va boshqa kerakli qurilmalar 5 oktabr kuni Murtad aviabazasidan Sinopga keltirilishi kerak edi.

Nashrning eslatishicha, Turkiyaning Rossiya zenit raketa tizimlarini sotib olishi uning AQSh tomonidan beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini yaratish dasturidan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top