14:59 / 22.12.2020
15496

Koronavirus Antarktidagacha yetib bordi

Chilining Antarktidagi bazasida 36 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Foto: AR/TASS

Antarktida koronavirusdan xoli yagona qit'a nomini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasi.

Xabarda aytilishicha, Chilining O'Higgins Riquelme tadqiqot bazasida 36 kishida koronavirus aniqlangan.

OAVning Chili qurolli kuchlari 5-harbiy divizioni matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, kasallik 26 nafar harbiy xizmatchi va bazada xizmat qiluvchi o‘n nafar xodimda qayd etilgan.

Barcha kasallanganlar Chili janubiga keltirilgan va izolyatsiya qilingan. Ular shifokorlar kuzatuvi ostida, hozircha hech kimda og‘ir asoratlar kuzatilmagan, deb yozmoqda Sydney Morning Herald nashri.

O'Higgins stansiyasiga koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan yangi jamoa yuborilgan.

O'Higgins – Chilining Antarktikada faoliyat ko‘rsatayotgan 13ta bazasidan biri. U Antarktika yarim orolining eng shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top