07:40 / 25.01.2021
4125

Portugaliya prezidenti o‘z lavozimiga qayta saylandi

Foto: AFP /FRANZ NEUMAYR

Portugaliyada 24 yanvarda o‘tgan prezident saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident 72 yoshli Marselu Rebelu di Souza 61,6 foiz ovoz to‘plab, 1-bosqichning o‘zidayoq g‘alaba qozondi.

Undan keyingi o‘rinlarni huquqshunos Ana Gomesh va “Yetar!” partiyasi yetakchisi Andre Ventura mos ravishda 12,24 va 11,9 foiz ovoz bilan egallashgan.

2016 yilda ham Di Souza 5 yillik muddatga Portugaliya prezidenti etib saylangandi. Portugaliyada prezident lavozimini qatorasiga ikki martadan ko‘p egallab bo‘lmaydi. Biroq shu bilan birga, prezident muddatlariga umumiy cheklov yo‘q.  

Mavzuga oid
Top