12:51 / 28.04.2021
9966

Buxoro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

28 aprel kuni «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro aeroporti direktori masalasi ko‘rildi.

«Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatidan Kun.uz’ga ma’lum qilishlaricha, tadbirda Buxoro aeroportining kelgusidagi rivojlanish omillari, raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish masalasi muhokama qilingan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilgan. 20 yildan beri shu aeroportda ishlab kelgan Jahongir Rahimov Buxoro xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Jahongir Rahimov

Unga «Uzbekistan Airports» bilan kelishgan holda shtat jadvalini tuzish hamda aeroport faoliyatini samarali olib borish vazifasi yuklatilgan.

Top