Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridini qonunga zid tarzda o‘tkazgani aniqlandi
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Foto: Uzbekistan Airports
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida jami 6,8 mlrd so‘mlik «bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatini ko‘rsatish» yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgan.
Ta’kidlanishicha, tanlovda ishtirokchilar uchun hujjatlarida aks etgan talablar asosida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani, shuningdek o‘zaro affillangan shaxslar (ya’ni o‘zaro bog‘liqlik va manfaatdorlik) ishtirok etgani va baholash jarayonida qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlangan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olingan. O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
10:20 / 13.11.2025
“Energoatom”dagi korrupsiya mojarosi - Kiyev uchun sinov
08:33 / 13.11.2025