Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston temiryöllari, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kabi yirik kompaniyalarga yil boşidagi xizmat tannarxini kamida 20 foizgaça pasaytiriş vazifasini yil yakuniga qadar yakunlaş böyiça topşiriq berdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Topşiriq sözsiz bajariladi va xarajatlarni kamida 20 foizgaça optimallaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Öz navbatida, mazkur korxonalar tomonidan xarajatlarni pasaytiriş böyiça 2026 yil uçun ham vazifalarni belgilab, bir haftada alohida qaror qabul qilamiz», dedi vazir.
Şuningdek, korxonalar transformatsiyasi davom ettirilişi, ularni yirik xalqaro reytinglarga kiritiş va töğridan töğri xaridlarni alohida auditdan ötkaziş belgilangani ta’kidlab ötildi.
Mahkamov transport sohasida yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş masalasiga ham töxtaldi va öz-özini band qilgan holda taksi xizmatlarini amalga oşirişga ruxsat berilgani ijobiy natija körsatganini ma’lum qildi.
«Xalqaro yuk taşuvlarini amalga oşiruvçi korxonalar öz aylanma mablağlarini hisob raqami orqali körsatişlari ijobiy natija körsatdi. Lekin içki yuk taşuvlarida korxonalar tomonidan hisobotlarning taqdim etilmasligi yaşirin iqtisodiyotning bir turi bölib qolyapti. Bu yerda ham raqamlaştiriş va hisobot yuritiş tizimini yölga qöyiş orqali sohani «soya»dan çiqariş imkoniyati yaratiladi», dedi transport vaziri.













