16:48 / 02.09.2021
49349

«Tolibon» AQSh harbiy texnikalarini Eronga jo‘natdi

Qayd etilishicha, guvohlar tanklar va armiya avtomobillarini Eronning Garmsar shahri yaqinida ko‘rishgan.

«Tolibon» harakati ilgari Afg‘oniston sobiq hukumati qo‘shinlariga tegishli bo‘lgan Amerika harbiy texnikasini Eronga jo‘natdi, deb yozmoqda Iran International nashri.

Qayd etilishicha, gap tanklar va armiya avtomobillari (Humvees) haqida bormoqda. Guvohlar ushbu texnikalarni Eronning Garmsar shahri yaqinida ko‘rishgan.

Agar Eron Afg‘oniston armiyasiga berilgan AQSh harbiy texnikalarini olish uchun «Tolibon» bilan kelishuvga erishsa, bu Qo‘shma Shtatlar ustidan yirik g‘alaba bo‘ladi, deb yozadi nashr.

Eron hukumati hozircha bu xabarga hech qanday izoh bermadi.

Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning o‘g‘li «Tolibon» Amerikaning 85 mlrd dollarlik harbiy qurilma va qurollarini qo‘lga kiritganini aytgandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top