16:46 / 03.11.2021
9651

Gretsiya dunyodagi eng tezkor avtomobil ishlab chiqardi

Avtomobilning birinchi versiyasi 1,9 soniya ichida tezligini 100 kilometrga, 7,9 soniya ichida esa soatiga 300 kilometrga yetkaza oladi.

Foto: Panopoulos Automotive

Gretsiyaning Spyros Panopoulos Automotive kompaniyasi o‘zining Chaos deb nomlangan avtomobilini namoyish etdi.

Avtomobil 2049 yoki 3065 ot kuchiga ega dvigatelli versiyada sotuvga chiqadi. U to‘rt litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. Motorning barcha qismlari 3D-printerda tayyorlangan. Mashinaning og‘irligi 1272 kilogramm.

Avtomobilning birinchi versiyasi 1,9 soniya ichida tezligini 100 kilometrga, 7,9 soniya ichida esa soatiga 300 kilometrga yetkaza oladi. Kompaniyaning qayd etishicha, Chaos dunyodagi eng tezkor avtomobil hisoblanadi.

Salonga barmoq izlarini aniqlovchi sensor va haydovchini taniy oladigan kameralar o‘rnatilgan. 

Mashinaning narxi 5,5 mln yevrodan 12,4 mln yevrogacha bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top