19:33 / 24.11.2021
4057

Eynshteynning qo‘lyozmasi kimoshdi savdosida 11,7 mln yevroga sotildi

Qo‘lyozma 54 sahifadan iborat bo‘lib, yarmi Eynshteyn, qolgan qismi uning do‘sti va hamkasbi, shveysariyalik muhandis va fizik Mikele Besso tomonidan to‘ldirilgan.

Foto: AFP

Parijdagi auksionda Albert Eynshteynning qo‘lyozmasi 11,7 mln yevroga sotildi. Bu ilmiy qo‘lyozmalar uchun rekord narx hisoblanadi. Qo‘lyozmani kim sotib olgani ma'lum qilinmagan.

Qo‘lyozma 54 sahifadan iborat bo‘lib, yarmi Eynshteyn, qolgan qismi uning do‘sti va hamkasbi, shveysariyalik muhandis va fizik Mikele Besso tomonidan to‘ldirilgan.

U 1913–1914 yillarda yozilgan. 

Christie’s kimoshdi savdosi uyi ushbu qo‘lyozmani 2-3 mln yevro deb baholagandi. 

Mavzuga oid
Top