03:32 / 08.12.2021
5962

Dunyoning eng yirik aviakompaniyasi rahbari iste'foga chiqishini e'lon qildi

Foto: AP

7 dekabrda AQSh va dunyoning eng yirik aviakompaniyasi American Airlines bosh direktori Dag Parker 2022 yil martida iste'foga chiqishini e'lon qildi. U kompaniyaga 2001 yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Parker kompaniya boshqaruvi raisi lavozimini, uning o‘rnini esa kompaniya prezidenti Robert Ays egallaydi.

Parkerning ta'kidlashicha, aviakompaniya bir necha yildan beri rahbariyatni asta-sekin almashtirishni rejalashtirib kelgan va pandemiya bo‘lmaganda bu jarayon ertaroq ham yuz berishi mumkin edi. Uning aytishicha, aviakompaniya pandemiyadan keyin tiklana boshlandi va endi u o‘z vakolatlarini vorisiga bamaylixotir topshirishi mumkin.

Parker American Airlines bosh direktori lavozimini 2001 yil sentyabrdagi teraktlardan bir necha kun oldingina egallagan. Biroq aviakompaniya uning boshchiligida terakt oqibatlarini ham, 2008 yilgi jahon moliya inqirozini ham yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Uning rahbarligi ostida kompaniya US Airways aviakompaniyasi bilan birlashib, fuqarolik aviatsiyasi tarixidagi eng yirik birlashuvlardan birini amalga oshirgan.

Mavzuga oid
Top