Tramp Vaşingtonda American Airlines yölovçi samolyoti va armiya vertolyoti töqnaşuvi oqibatida heç kim omon qolmaganini ma’lum qildi. Samolyotda 60 yölovçi va ekipajning tört nafar a’zosi, vertolyotda esa uç nafar harbiy bor edi. AQŞ prezidenti kun oxirida Oq uydagi brifingda çiqiş qilib, Vaşingtonda American Airline samolyoti va Black Hawk vertolyoti halokatidan heç kim omon qolmaganini ma’lum qildi. U butun tun davomida keng kölamli qidiruv-qutqaruv amaliyoti ötkazilgani, unga barça mavjud resurslar jalb etilganini bildirgan. «Bu mamlakatimiz poytaxtida va xalqimiz tarixida dahşatli fojia bölgan qoronği va oğriqli keça edi. Bizni bevaqt tark etgan har bir kişi uçun qayğuramiz», — degan Tramp.
Qutqaruvçilar Potomak daryosida aviahalokat qurboni bölgan 40 kişining jasadini hamda bir neça kişining jasad qoldiqlarini aniqladi, ularning ayrimlari sohilga çiqib qolgan, deb xabar bergan CBS telekanali. Telekanal manbasi bu ma’lumotlarni mahalliy vaqt bilan 30 yanvar kuni soat 17:30 da (Toşkent vaqti bilan 31 yanvar kuni soat 03:30) taqdim etgan. Qutqaruvçilar kun botgani tufayli qidiruv işlarini töxtatişgan va keyingi kuni davom ettirişgan. Tergovçilar hisoblaşiça, samolyotdan xavfsiz çiqarib oliş mumkin bölgan jasadlarning barçasi çiqarib olingan, ammo laynerning hozirda yetib boriş qiyin bölgan dum qismida yana bir neça kişining jasad qoldiqlari qolayotgan bölişi mumkin. Tergovçilar ayrim jasadlarni olib çiqişning imkoni bölmasligidan xavfsiramoqda, deya qöşimça qilgan manba.
Halokatga uçragan samolyotning qora qutilari Potomak daryosidagi parçalar orasidan çiqqan. Samolyotning parametrik va ovoz yoziş moslamalari 30 yanvar kuni keçqurun topilgan, deb xabar beradi ABC New manbasi. Qora qutilar örganiş uçun AQŞdagi aviatsiya hodisalarini tekşiruvçi Milliy transport xavfsizlik kengaşi laboratoriyasiga yuborilgan. Taşkilotning X ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida bortning qayd etiş qurilmalari suratlari joylaştirilgan.
Yölovçi samolyotda Rossiyaning kamida uç fuqarosi bölgan. Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 31 yanvar kuni jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda ma’lum qildi. «Elçixonamiz ma’lumotlariga köra, uşbu samolyot halokati qurbonlarining uç nafarida Rossiya pasporti bölgan. Yana bir kişi, törtinçi şaxsda ham Rossiya fuqaroligi bölgani haqida taxmin bor, bu ma’lumot tekşirilmoqda», — deya Zaxarovaning sözlarini keltirgan TASS agentligi. Avvalroq RF elçixonasi Davlat departamentidan Vaşingtondagi aviahalokatda halok bölgan rossiyaliklar töğrisidagi ma’lumot kutayotganini xabar qilgandi. Associated Press ma’lumotiga köra, samolyot yölovçilari orasida amerikaliklardan taşqari Xitoy va Filippin fuqarolari ham bölgan.














