American Airlines aviakompaniyasi yölovçi samolyoti hamda AQŞ armiyasining Black Hawk vertolyoti havodagi töqnaşuvdan keyin Potomak daryosiga quladi. Töqnaşuv 30 yanvarga ötar keçasi Vaşingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida röy bergan. Kanzas ştatining Uiçito şahridan CRJ700 reysini amalga oşirgan samolyot mahalliy vaqt bilan 21:47 da (Toşkent vaqti bilan 30 yanvar kuni soat 7:47 da), aeroport hududiga kirayotganida armiya vertolyoti bilan töqnaşgan, deb xabar bergan AQŞ fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi. Vaşingtondagi Kennedi markaziga örnatilgan videokamera töqnaşuvni tasvirga olgan, kadrda Potomak ustida portlaş röy bergani köringan. The Washington Post gazetasi yozişiça, töqnaşuv paytida aeroport hududida havo oçiq edi.
Samolyot bortida 64 kişi bölgan: 60 yölovçi va ekipajning tört nafar a’zosi, deb xabar qilgan American Airlines aviakompaniyasidagilar. AQŞ armiyasi esa vertolyot bortida uç nafar askar bölganini bildirgan. Aviahalokatda bazasi Virjiniya ştatida bölgan UH-60 Black Hawk rusumli vertolyot iştirok etgani qöşimça qilingan. Associated Press xabariga köra, armiya vertolyoti sinov parvozini amalga oşirayotgandi. Ijtimoiy tarmoqda halokatdan keyin olingan fotosuratlar paydo böldi, kadrlarda samolyot qoldiqlarini köriş mumkin.

Politsiya suvdan «köplab jasadlar»ni çiqarib olgan, hozirça omon qolganlar topilmagan, deb xabar bergan The Washington Post manbaga asoslanib. CBS News manbasiga köra, daryodan 18 kişining jasadi olib çiqilgan. Texasdan saylangan senator Ted Kruz «qurbonlar borligi»ni aytgan, ammo ularning soniga aniqlik kiritmagan. Qidiruv-qutqaruv amaliyotida önlab politsiyaçilar, tez yordam va favqulodda xizmatlar xodimlari iştirok etmoqda, ular qayiqlarda Potomak böylab harakatlanib, samolyot va vertolyotning omon qolgan yölovçilarini qidirmoqda. Potomak — eni yuz metr, çuqurligi bir neça metrga yetuvçi, tölib oqadigan daryo. Vaşington aeroporti 31 yanvar tongiga qadar yopilgan.
CNN telekanali aeroportdagi dispetçerlar va vertolyot ekipaji sözlaşuvi rasşifrovkasini e’lon qildi. Telekanal LiveATC.net saytidan olgan audioda dispetçer vertolyot ekipajiga şunday deydi: «PAT 2-5, siz CRJ [samolyoti]ni köryapsizmi?». Keyin dispetçer aytadi: «PAT 2-5 CRJ ortidan yuring». Keyin esa audioyozuvda çuqur xörsiniş va qattiq baqiriş ovozi eşitiladi, bu katta ehtimol bilan töqnaşuv vaqtidagi ovozlar bölgan.













