Aeroport vakilining telekanalga aytişiça, yonğin mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boşlangan.
Samolyot qanoti orqali yölovçilar evakuatsiya qilingan. Aeroport vakiliga köra, heç kim jabrlanmagan.
Ayni vaqtda, ABC News telekanali AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi (FAA)ga tayanib, Boeing 737-800 samolyoti Kolorado ştatidagi Kolorado-Springs şahridan Dallas (Texas ştati)ga yöl olgan va «ekipaj dvigatel tebranişi haqida xabar bergani» sababli Denverga yönaltirilganini xabar qildi.
Samolyot qöniş uçun harakatlanayotganda dvigatel yonib ketgan.
Barça yölovçilar evakuatsiya paytida bir neçta yengil jarohatlar olib, samolyotni tark etişga muvaffaq bölişdi.
Qayd etilişiça, bortda 172 yölovçi va olti nafar ekipaj a’zosi bölgan.
«Biz ekipajimizga, qutqaruv guruhimizga va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş xizmatlariga bortdagi va yerdagi barçaning xavfsizligini ta’minlaş böyiça tezkor va qat’iy harakatlari uçun minnatdorçilik bildiramiz», deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Hodisa sabablari örganilmoqda.













