10:44 / 31.01.2022
8951

Koronavirus: Kunlik holatlar kamaymoqda

SSV yakshanba kuni O‘zbekistonda qariyb 1100 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 145 kishi tuzalgani va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga tushgani haqida xabar berdi. Shuningdek, 3 bemor vafot etgan, 203 kishida pnevmoniya qayd etilgan.

«2022 yil 30 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 223008 (+1089) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Kunlik holatlar ketma-ket to‘rtinchi kun kamaydi - 27 yanvar kuni 1186ta, 28 yanvar kuni 1152ta, 29 yanvar kuni 1104ta yangi holat aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 53 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 30 nafari Andijon viloyatida,
  • 38 nafari Buxoro viloyatida,
  • 29 nafari Jizzax viloyatida,
  • 32 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 27 nafari Namangan viloyatida,
  • 62 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 49 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 109 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 33 nafari Xorazm viloyatida,
  • 116 nafari Toshkent viloyatida,
  • 472 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 34 nafar,
  • Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 12 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Surxondaryo  viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent shahrida 52 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210167 (+145) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1564 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 203 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top