11:46 / 23.09.2022
8002

Toshkentda YTHga uchragan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yil 22 sentabr kuni taxminan soat 23:00 larda Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.X. Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, u haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top