10:27 / 30.01.2023
5382

Toshkentdagi maktablarning barchasi an’anaviy ta’limga o‘tdi

Poytaxt maktablarining barchasida ta’lim jarayoni an’anaviy shaklda boshlandi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 30 yanvardan poytaxt tumanlaridagi yana uchta umumta’lim maktablarida III chorak dars jarayonlari an’anaviy tarzda davom ettiriladi.

O‘zA xabariga ko‘ra, bular - Uchtepa tumanidagi 199-, 251-, Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumta’lim maktablari.  

Bugundan boshlab poytaxtdagi mavjud 335 ta ta’lim muassasasining barchasida darslar to‘liq an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘yildi.  

24 yanvar kuni poytaxtdagi 335 ta ta’lim muassasasidan 309 tasida an’anaviy dars mashg‘ulotlari boshlangani ma’lum qilingan edi. 

Top