20:09 / 10.02.2023
21703

Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi 

Mamatqulovlar oilasida uch nafar o‘g‘il dunyoga keldi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Guliston shahri tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida tug‘ilgan go‘daklarning uchalasi ham o‘g‘il. Kattasining vazni 2,63 kg, o‘rtanchasiniki 2,87 kg va kichigining vazni 2,7 kg. 

«Chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologlari nazoratida», deyiladi xabarda.

Top