01:16 / 14.02.2023
13018

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 10-paketi mazmuni g‘arb matbuotiga sizib chiqdi

Politico nashrining yozishicha, yangi ro‘yxatdan 130 ga yaqin tashkilotlar va jismoniy shaxslar o‘rin olishi mumkin. Ularning orasida 4 ta bank, jumladan “Alfa-bank” ham bor.

Foto: Reuters

Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatidan Rossiya Federatsiyasining harbiy harakatlari yoki “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan aloqador bo‘lgan xorijlik fuqarolar o‘rin olgan. Rossiyaning davlat ommaviy axborot vositalari uchun ishlovchi jurnalistlar ham ro‘yxatga kiritilgan.

Savdo taqiqlari Rossiya rezinasi, asfalt va bitum (neft mahsuloti)ni import qilishga va Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan og‘ir transport vositalari, qurilish texnikalari, qurilish sohasida ishlatiladigan nasoslar va mashinalar, ularning elektron tarkibiy qismlarini eksport qilishga joriy etilmoqda.

Rossiyaliklarga shuningdek Yevropa Ittifoqining kritik infratuzilma kompaniyalarida ishlash ham taqiqlanadi.

Avvalroq Rossiyaning Yevropadagi yagona ittifoqchi davlati Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich G‘arbning bosimi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Top