08:38 / 22.02.2023
9678

O‘zbekiston yanvarda 633 mln dollarlik 13 ta samolyot sotib oldi

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida qiymati 633,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyotlar import qilgan. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilgan.

2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston samolyot import qilgan davlatlar:

— Germaniya – 6 ta (421,7 mln);
— Litva – 4 ta (66,7 mln);
— Fransiya – 1 ta (64,3 mln);
— Singapur – 1 ta (61,6 mln);
— Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSh dollari).

Top