07:32 / 23.02.2023
51353

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezildi 

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Foto: Shutterstock

23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:37 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=5,8. Chuqurlik 147 km. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 227 km;
  • Andijon viloyatida 4 ball, 256 km;
  • Namangan viloyatida 4 ball, 294 km;
  • Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 413 km;
  • Toshkent shahrida 3-4 ball, 435 km;
  • Jizzax viloyatida 3-4 ball, 467 km;
  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 509 km;
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km;
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km;
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.

Tojikistonda ushbu zilziladan keyin yana 4 ta aftershok qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top