21:51 / 24.02.2023
14938

Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston qahramoni unvonini berdi 

U ushbu mukofotning birinchi sohibi bo‘ldi.

Foto: Kommersant’

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston Respublikasi qahramoni unvonini topshirdi, bu mukofotni o‘tgan yilning noyabrida o‘zi ta’sis etgan edi. Unvon to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u «qahramonlik» ko‘rsatgani uchun beriladi.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida Qodirovga bu unvon «berilgani» haqida yozilmoqda. Ammo, Nizomga ko‘ra, ushbu unvon aynan Checheniston rahbari tomonidan beriladi.

«Avvalroq men yigitlarimizning jasoratini to‘la qadrlaydigan «Checheniston Respublikasi Qahramoni» mukofotini ta’sis etish bo‘yicha topshiriq bergandim. Bu borada ham ishlar amalga oshirildi. Tez orada taniqli jangchilarni yangi mukofot bilan taqdirlaymiz», deb yozgan edi Qodirov oktyabr oyida.

Avvalroq, Qodirovning «Checheniston rahbari» lavozimi nomiga «Mekxan Da» (Xalq otasi) unvoni qo‘shimcha qilingan edi.

Top