Armaniston Tergov qömitasi Yerevanda oktyabr oyida jasadi topilgan 23 yoşli çeçen qiz Ayşat Baymuradovani öldirişga ehtimoliy aloqadorlik böyiça ikki kişiga nisbatan jinoyat işini qözğatganini 11 noyabr kuni «SK SOS» huquqni himoya qiliş loyihasi qömita javobiga tayanilgan holda xabar qildi.
Aniqlanişiça, iş oğirlaştiruvçi holatlar bilan qasddan odam öldiriş moddasi böyiça oçilgan. Tergovçilar guvohlardan körsatma olgani va kvartirada tintuv ötkazganini bildirgan. Şuningdek, qurbon jasadi böyiça sud-tibbiy ekspertiza, voqea joyida topilgan barmoq izlari böyiça sud-genetik ekspertiza tayinlangan.
Ismlar oşkor etilmagan bu iş böyiça ikki figurant qidiruvga berilgan.
Joriy yil yanvaridan Armanistonda yaşab kelgan Baymuradovaning yöqolgani haqida 17 oktyabr kuni ijara uyidagi qöşnilari xabar bergan. Ularning aytişiça, 15 oktyabr kuni Ayşat Instagram orqali taniş bölgan bir ayol bilan uçraşuvga ketgan va uyga qaytmagan. Yerevanda yöqolgan qiz surati aks etgan, u Çeçenistondan uy zöravonligidan qoçib kelgani haqida yozilgan varaqaçalar ilingan. 20 oktyabr kuni Armaniston politsiyasi Baymuradova jasadi ijara uyidan topilganini ma’lum qildi. «Kavkaz bez materey» loyihasi asosçisi Lidiya Mixalçenko jurnalistlarga qizni böğib öldirişganini aytdi. Uning sözlariga köra, gumonlanuvçi erkak va ayol, ehtimol, Rossiyaga ketib qolgan.
Armanistonlik huquq himoyaçisi, Helsinki fuqarolik assambleyasi Vanadzor ofis rahbari Artur Sakuns DW'ga ma’lum qilişiça, Baymuradovani çaqirib, unga nisbatan jinoyat sodir etişga yordamlaşgani taxmin qilinayotgan ayolning ismi Karina Iminova. Huquq himoyaçilari 31 yoşli mana şu ismga ega ayolga nisbatan Rossiyada 2021 yilda «piçoq işlatib öldiriş bilan qörqitiş» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilganini aniqlagan.
Telegram’dagi «Ostorojno, novosti!» kanali yozişiça, Baymuradova öldirilgan deb taxmin qilinayotgan kuni jasad topilgan kvartiradan ikki kişi çiqqan — buni kamera kuzatuvi qayd etgan. Bu Iminova va Çeçenistonda tuğilgan 30 yoşli Said-Xamzat Baysarov ekani aytilmoqda. Kanal ma’lumotiga köra, 2018 yilda Baysarov Rossiyada taqiqlangan IŞID taşkilotini moliyalaştiriş işida tilga olingan, ammo Moskva sudi unga qöyilgan ayblovlarni keyinroq bekor qilgan. Şuningdek, unga nisbatan mast holda maşina haydaş va talonçilik moddalari böyiça ham işlar oçilgani yoziladi. Kanal Iminova va Baysarov Armanistonni «osongina tark etib», RFga qaytib ketganini ham bildirdi.












