18:07 / 10.03.2023
8400

Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi

Konstitutsiyaviy sud Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston referendumini o‘tkazish haqida”gi qarorini ko‘rib chiqishga kirishdi.

Foto: Reuters

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi ish yurituviga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston referendumini o‘tkazish haqida”gi 3017-IV-son qarorining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash so‘ralgan murojaati kelib tushdi, deb xabar bermoqda Konstitutsiyaviy sud.

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining murojaati va uning ilovalarini “O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 29-moddasida belgilangan Konstitutsiyaviy sudga murojaatga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini o‘rganib, uning mazkur talablarga javob berishini aniqlagan hamda mazkur murojaatni ko‘rib chiqish mumkin, degan xulosaga kelgan.

Konstitutsiyaviy sud “O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 33-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorini ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqardi hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun talablariga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarorini ko‘rib chiqishni boshladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston referendumini o‘tkazish haqida”gi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud ochiq sud majlisi 2023 yil 13 mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Top