16:23 / 16.03.2023
5494

Bayram kunlari Toshkentda avtobus harakati tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 18-22 mart dam olish kunlari etib belgilandi. 

Foto: KUN.UZ

«Toshshahartransxizmat» AJ 25 mart ish kuni etib belgilangani munosabati bilan, jamoat transporti faoliyati qanday tartibda tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Transport harakati quyidagicha amalga oshiriladi:

  • 2023 yil 18 mart, shanba - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023 yil 19, 20, 21, 22 mart - dam olish kunlari. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023 yil 25 mart - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Top