Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilardan ayni vaziyat uchun uzr so‘rab, 121-avtobusni yo‘nalishga chiqarishda mas’ul bo‘lgan 3 nafar xodimning maoshiga 20 foizdan jarima solinganini, transport sanitar holati joyiga keltirilganini ma’lum qildi.
Yunusobod yo‘nalishining “9-dahasi (“Uch qahramon” ko‘chasi) – Chinni bozor” oralig‘ida harakatlanuvchi 121-sonli avtobusda tozalikka rioya qilinmaganiga oid Kun.uz xabaridan so‘ng “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 18-avtobus saroyi tasarrufidagi 121-yo‘nalish avtobus material tarmoqqa joylanganidan keyin yo‘nalishdan darhol korxonaga qaytarilgan. Avtobus yuvib, tozalanib? sanitar holati joyiga keltirilgan.
“Shu holatda yo‘nalishga chiqargani uchun mas’ul xodimlarga, ya’ni navbatchi mexanik va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i, korxona rahbari o‘rinbosarining oylik maoshiga 20 foizdan jarima qo‘llandi. Yuqoridagi holatlar takrorlanmasligi uchun mas’ul xodimlarga yo‘nalishga chiqarayotgan avtobuslarni texnik faol sanitar holati yaxshi bo‘lib chiqishi uchun ko‘rsatma berildi va yo‘riqnomalar o‘tkazildi”, – deydi 18-avtobus saroyi mas’ul xodimi Ubaydulla Abdullayev.
Rasmiylar keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026