Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida yamanlik ziyoratchilar bo‘lgan avtobus yonib ketdi
Foto: twitter.com
Saudiya Arabistonida halokatga uchragan avtobusda o‘zbekistonlik ziyoratchilar mavjud emas. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
2023 yil 28 mart kuni Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchradi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 27 mart kuni yamanlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus Saudiya Arabistonining Abha shahridagi ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda tormoz tizimidagi nosozlik sababli yengil avtomobil bilan to‘qnashib yonib ketgan.
Ushbu hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olgan.
Saudiya Arabistonidagi mutasaddilardan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu avtobusda o‘zbekistonlik ziyoratchilar mavjud bo‘lmagan, deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabarida.
Mavzuga oid
11:43
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
18:20 / 19.01.2026