Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojikiston yetakchisi davlat rahbarini O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani alohida qayd etildi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini ta’kidladilar.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
16:45 / 15.11.2025