O‘zbekiston | 10:57 / 28.09.2018
12777
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir o‘rinbosari: «Barcha muassasalarda shifokor qabuliga oldindan yozilish imkoniyati bo‘ladi»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining ijrosi to‘g‘risida axborot berdi. 

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Abduhakimov 48 banddan iborat bo‘lgan dasturning 35tasi to‘liq bajarilgani haqida ma'lum qilgan. Tibbiyot yo‘nalishida kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida 2018-2019 o‘quv yilida oliy tibbiy ta'lim muassasalari magistratura ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 919ta, klinik ordinaturaga jami 1724ta, ilmiy tekshirish institutlari, ilmiy va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga esa maqsadli tartibda jami 398ta kvota ajratilgan.

Ta'kidlanishicha, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida shifokor qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur (veb-sayt) ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda test rejimida ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid