O‘zbekiston | 18:36 / 31.01.2020
85538
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Milliy universitet talabasini vazir o‘rinbosarligiga tavsiya qildi

Prezident bilan uchrashuvda ta'lim sohasiga oid innovatsion taklif kiritgan Milliy universitetning magistratura talabasi vazir o‘rinbosari lavozimiga tavsiya qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistratura talabasi Yusuf Absoatovni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosarligiga tavsiya qildi.

Yusuf Absoatov

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Absoatov bugun, 31 yanvar kuni prezident bilan uchrashuvda ta'lim sohasiga oid taklifini ilgari surgan. U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni o‘zaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish g‘oyasi haqida so‘zlab bergan. Shuningdek, qishloqlarda internet sifatini yaxshilashning muhimligini ta'kidlagan.

Endilikda 30 yoshli magistratura talabasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlashi mumkin. Vazirlikda bunday lavozim yangi ta'sis etiladi.

Ma'lumot uchun, Yusuf Absoatov kimyo texnologiyalari sohasida o‘qimoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Mavzuga oid