Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Milliy universitetining 2-bosqiç magistratura talabasi Yusuf Absoatovni Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosarligiga tavsiya qildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Absoatov bugun, 31 yanvar kuni prezident bilan uçraşuvda ta'lim sohasiga oid taklifini ilgari surgan. U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni özaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar taşkil etiş ğoyasi haqida sözlab bergan. Şuningdek, qişloqlarda internet sifatini yaxşilaşning muhimligini ta'kidlagan.

Endilikda 30 yoşli magistratura talabasi Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari sifatida iş boşlaşi mumkin. Vazirlikda bunday lavozim yangi ta'sis etiladi.
Ma'lumot uçun, Yusuf Absoatov kimyo texnologiyalari sohasida öqimoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasiga taşrif buyurib, olimlar, yoş tadqiqotçilar, işlab çiqariş vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uçraşdi.

















