Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Varshava - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga talab yuqoriligini hisobga olib, 2024 yilning aprel-iyun oylarida parvozlar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi.
Varshava shahrida O‘zbekiston diplomatlari Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi prezidenti Mixal Fiyol bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Polsha tomoni ma’lum qilishicha, aviakompaniya 2024 yil mart oyidan Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Mixal Fiyol so‘ziga ko‘ra, kompaniya delegatsiyasining shu yil yozidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Uzbekistan Airports AJ hamda Uzbekistan Airways AJ vakillari bilan o‘rnatilgan aloqalar o‘z samarasini bermoqda.
Aviakompaniya prezidentining ta’kidlashicha, an’anaga ko‘ra, birinchi reysda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, turizm vaziri o‘rinbosari, parlament vakillari va boshqa rasmiy shaxslar O‘zbekistonga uchadi.
Ta’kidlanganidek, Varshava - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga talab yuqoriligini hisobga olib, 2024 yilning aprel-iyun oylarida parvozlar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi. Shuningdek, Polsha aviakompaniyasi prezidenti yiliga jami 40 ming yo‘lovchi tashish mumkinligini qayd etdi.
Mavzuga oid
07:32
Toshkentda jamoat transporti ishi 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkin
23:47 / 26.11.2024
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi
21:14 / 26.11.2024
Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi
21:02 / 26.11.2024