“Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, quyidagilar 2026–2030 yillarda atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- atmosferaga çiqarib taşlanayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytiriş;
- atrof-muhitga ta’siri böyiça I va II toifaga kiruvçi korxonalarda avtomatik monitoring stansiyalari va çang-gaz tozalaş uskunalari örnatilişini ta’minlaş.
- PM2,5 böyiça milliy me’yorlardan oşiş kuzatilgan kunlar sonini kamaytiriş.
Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça maxsus komissiya faoliyati 2027 yil 1 martgaça uzaytiriladi.
Komissiyaning nomi Ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça respublika maxsus komissiyasiga özgartiriladi.
2026 yil 1 apreldan Toşkent şahrida yangi sanoat zonalarini taşkil qilişga muddatsiz moratoriy joriy etiladi.

















